Bugun 9 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Tadbirkor O‘tkir Yusupovga uch xonali uy sovg‘a qildi

Tadbirkor O‘tkir Yusupovga uch xonali uy sovg‘a qildi

Terma jamoamiz posboni BAAga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvning chinakam qahramoniga aylangandi.

Mamlakatimizdagi yirik va zamonaviy qurilish kompaniyasi asoschisi Xurshid To‘rayev o‘z instagram sahifasida terma jamoa posboni O‘tkir Yusupovga Toshkent shahri markazidan uch xonali uy sovg‘a qilishini aytdi.

"O‘zbekiston terma jamoasi posboni O‘tkir Yusupovga men va kompaniyam nomidan Toshkent shahri markazidan ta’mirdan chiqarilgan, mebel va jihozlangan uch xonali uy sovg‘a qilaman. Istalgan paytda bu sovg‘ani kelib olishlari mumkin", - dedi Xurshid To‘rayev.

Qayd etish kerak, O‘tkir Yusupov so‘nggi soniyalarda raqibining kuchli va aniq zarbasini ushlab oldi. Bu seyv termamizni jahon chempionatiga olib chiqdi.

Kiritildi: 22:21 08.06.2025. O'qildi: 1296 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!