2024 yil mart oyining 18 kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Bandixon tuman sudida voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga chora ko‘rildi.
Ma’lum qilinishicha, Bandixon tumanida yashovchi 2002 yilda tug‘ilgan yigit 16 mart kuni “Bandixon” mahallasi xududida voyaga yetmagan qizning yoniga mashinasida kelib, unga uylanmoqchi ekanligini aytgan va qo‘lidan ushlab shilqimlik qilib, mashinasiga o‘tkizmoqchi bo‘lgan.
Sud majlisida qiz va uning opasi uning uchun huquqbuzarga nisbatan da’vosi borligi, unga qonuniy chora ko‘rishlikni so‘rab ko‘rsatuv bergan.
Sud, ma’muriy ish hujjatlarini o‘rganib chiqib, yigitni MJtKning 41-1-moddasi (shahvoniy shilqimlik qilish) bilan aybdor deb topgan. Unga shu modda bilan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.