Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 1 iyun kuni soat 17:30 larda «112» tizimi orqali Qumqo‘rg‘on tumanidagi Janubiy Surxon suv omborida qayiq ag‘darilib ketgani haqida xabar kelib tushgan.
Xabar ortidan hodisa joyiga yetib borgan qutqaruvchilarning aniqlashicha, qayiqda bo‘lgan 5 nafar fuqarodan 4 nafari qirg‘oqqa suzib chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Bir nafar fuqaro esa suvdan chiqolmay qolib, cho‘kib ketgan.
Shundan so‘ng Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari tomonidan suv havzasida keng ko‘lamli qidiruv ishlari boshlangan.
Hozirda voqea joyida prokuratura, ichki ishlar va favqulodda vaziyatlar organlari xodimlari tomonidan hodisaning kelib chiqish sabablarini o‘rganish ishlari olib borilmoqda.