Bugun 7 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Surxondaryoda davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tmasdan faoliyat yuritgan AGTShga nisbatan chora ko‘rildi

Surxondaryoda davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tmasdan faoliyat yuritgan AGTShga nisbatan chora ko‘rildi

“O‘zenergoinspeksiya” Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan Oltinsoy tumanida joylashgan “E.E.” MCHJga qarashli avtomobillarga suyultirilgan gaz to‘ldirish shoxobchasida neft mahsulotlarini tarqatish talablariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida ushbu shoxobchadagi suyultirilgan gaz to‘ldirish ustunlarining navbatdagi davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazish muddati o‘tganligi aniqlandi.

Tekshiruv yakunida O‘zbekiston Respublikasining 940-sonli qonunining 43-moddasiga ko‘ra, ushbu AYOQShga realizasiya qilingan 7 513 litr suyultirilgan gaz miqdorining 50 foizi (20,6 mln so‘m) miqdorida iqtisodiy sanksiya qo‘llanildi.

Kiritildi: 10:07 21.04.2025. O'qildi: 798 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!