Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Suriyaning yangi hukumati kurdlar bilan shartnoma tuzdi

Suriyaning yangi hukumati kurdlar bilan shartnoma tuzdi

Kelishuv Suriya shimoli-sharqidagi Kurd muxtoriyatining fuqarolik va harbiy muassasalarini Suriyaning yangi hukumatiga birlashtirishni nazarda tutadi, deb yozadi DW.

“Suriyaning yangi hukumati 10 mart, dushanba kuni “Suriya demokratik kuchlari” (SDF) bilan Kurd avtonom ma’muriyatining fuqarolik va harbiy muassasalarini Suriya hukumatiga birlashtirish bo‘yicha kelishuvga erishilganini e’lon qildi. Shartnoma Suriya shimoli-sharqidagi aniq hududlarni, jumladan, chegara postlari, aeroport va neft va gaz konlarini belgilaydi. Kelishuv 2025 yil oxirigacha amalga oshirilishi kerak”, – deb xabar beradi AFP.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yil dekabrida Bashar al-Assad rejimi ag‘darilganidan so‘ng, Ahmad al-Shara boshchiligidagi Suriyaning yangi hukumati Suriyada faoliyat yuritayotgan qurolli guruhlarni tarqatib yuborishga va butun mamlakat hududi ustidan nazorat o‘rnatishga harakat qilgan edi.

Kiritildi: 16:40 11.03.2025. O'qildi: 996 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!