Suriyada yangi hukumat kuchlari va Bashar Asad tarafdorlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar oqibatida mingdan ortiq odam halok bo‘ldi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.
"To‘qnashuvlar Latakiya, Tartus, Hama va Homs viloyatlaridagi 29 ta aholi punktida sodir bo‘ldi, qurbonlar orasida tinch aholi vakillari ham bor", deya xabar beradi Suriya Inson huquqlari kuzatuv kengashi (SOHR). Shu bilan birga, mustaqil manbalardan bu ma’lumot tasdiqlanmagan.
SOHR ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlarning 745 nafari tinch aholi, yana 125 nafari hukumat xavfsizlik kuchlari xodimlaridir. Shuningdek, Bashar Asadga aloqador qurolli guruhlardan 148 nafar jangari yo‘q qilingan.