Lyuksemburg shahzodasi Frederik 22 yoshida kam uchraydigan genetik kasallik tufayli vafot etdi.
Bu haqda shahzodaning ota-onasi bayonotiga tayanib TMZ xabar berdi.
Frederik 1 mart kuni vafot etgani aytilmoqda. Umrining so‘nggi kunlarida u deyarli gapira olmadi, ammo shahzoda, ota-onasining so‘zlariga ko‘ra, umrining so‘nggi daqiqasigacha "hazil va cheksiz rahm-shafqat tuyg‘usini saqlab qoldi."
Frederik metabolizmning buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan kam uchraydigan POLG - mitoxondrial kasallik bilan og‘rigan. Bunday tashxis unga 14 yoshida qo‘yilgan.