Bugun 10 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

AQSh Ukrainaga harbiy yordamni tiklash uchun faqat foydali qazilmalar bo‘yicha bitim yetarli emas deb hisoblamoqda

AQSh Ukrainaga harbiy yordamni tiklash uchun faqat foydali qazilmalar bo‘yicha bitim yetarli emas deb hisoblamoqda

AQSh Ukrainaga harbiy yordamni tiklash uchun faqat foydali qazilmalar bo‘yicha bitim yetarli emas deb hisoblamoqda. Bu haqda NBC News xabar berdi.

Telekanal manbalariga ko‘ra, Vashington Kiyevga harbiy yordam va razvedka ma’lumotlarini qayta taqdim etish uchun faqat foydali qazilmalar bo‘yicha bitim "etarli bo‘lmaydi" degan fikrda.

Manbalarning aytishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z yordamchilariga buning uchun Volodimir Zelenskiyning tinchlik muzokaralariga bo‘lgan yondashuvini o‘zgartirishi va yon berishga tayyorligini namoyish etishi muhim rol o‘ynashini aytgan. Xususan, hududiy masalalar bo‘yicha murosaga borish ham shartlardan biri sifatida qayd etilgan.

"Bundan tashqari, Tramp Ukrainada saylovlar o‘tkazilishi yo‘lida oldinga siljish bo‘lishini istamoqda. Shuningdek, u Zelenskiyning iste’foga chiqish masalasini ham ko‘rib chiqishini xohlaydi", deya xabar bermoqda NBC News.

Kiritildi: 20:40 09.03.2025. O'qildi: 1120 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!