O‘tgan mavsumni Toshkentning "Paxtakor" klubida o‘tkazgan Qirg‘iz Respublikasi milliy jamoasi a’zosi Kimi Merk faoliyatini vatanida davom ettiradi.
20 yoshli hujumkor yarim himoyachi "Dordoy" bilan 2025 yil oxirigacha shartnoma imzoladi.
Klub matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Merk jamoada 10-raqamda harakat qiladi.