Bugun 10 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Insoniyat uchun eng katta xavf — Tramp va Bayden ikki xil fikrda

Insoniyat uchun eng katta xavf — Tramp va Bayden ikki xil fikrda

AQSh prezidenti Donald Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida insoniyat uchun eng katta xavfni tilga oldi.

Siyosatchining ta’kidlashicha, undan oldingi prezident Jo Bayden yillar davomida iqlim o‘zgarishlari insoniyat uchun eng katta xavf ekanligini uqtirib kelgan.

«Men bunga qo‘shilmayman, eng katta xavf — turli mamlakatlarda saqlanayotgan yadroviy qurollar, bu ulkan «maxluqlar» sizni bir chaqirimgacha sochib yuborishi mumkin», — dedi Tramp.

Qo‘shma Shtatlar rahbari 7 mart kuni bergan bayonotida Oq uy ma’muriyati Rossiya va Xitoy bilan denuklearizasiya (atomsizlanish) borasida muzokaralar o‘tkazish istagida ekanligini ma’lum qilgandi. Uning fikricha, barcha o‘z yadroviy qurollaridan voz kechsa yaxshi bo‘lardi, Rossiya va AQShda bu qurollar hammanikidan ko‘p.

Kiritildi: Bugun 03:33. O'qildi: 1639 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!