Xitoy Ukrainaning vaqtinchalik bosib olingan hududlarida harbiy harakatlarda qatnashish masalasida Rossiya bilan muzokaralar olib borishi ehtimoli bor. Bu haqda Ukraina Milliy qarshilik markazi ma’lum qildi.
Markaz ma’lumotlariga ko‘ra, Pekin Moskva bilan Ukrainaning bosib olingan hududlarida jang tajribasini orttirish imkoniyati yuzasidan muzokara yuritishi mumkin. Xitoy, xuddi Shimoliy Koreya singari, jang tajribasini qo‘lga kiritishga intilmoqda.
Milliy qarshilik markazi manbalarining xabar berishicha, Xitoy vakillarini bosib olingan hududlarda bir necha bor kuzatishgan. Ta’kidlanishicha, Xitoy va Rossiya hamkorlikni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha birgalikdagi ishlarini davom ettirmoqda.