Bugun 24 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Suriya g‘arbidagi AQSh bazasi hujumga uchradi – Mehr

Suriya g‘arbidagi AQSh bazasi hujumga uchradi – Mehr

Eronning «Mehr» yangiliklar agentligi manbalariga tayanib Suriyadagi AQSh bazasiga minomyotdan hujum qilingani haqida xabar berdi.

«Xabardor manbalar dushanba kuni Suriyadagi Amerika harbiy bazasiga hujum qilinganini e’lon qildi.

Manbalar Suriyaning shimoli-sharqida joylashgan Hasaka viloyatidagi Amerika harbiy bazasi nishonga olinganini bildirgan», – deyiladi xabarda.

Shuningdek, hujum ortidan harbiy bazaning asosiy kirish qismida xavfsizlik choralari kuchaytirilgani aytiladi.

Suriya Inson huquqlari tashkiloti (SOHR) o‘z manbalariga tayanib, kecha, 22 iyun kuni AQSh kuchlari Eron-Isroil o‘rtasida davom etayotgan keskinlashuvi munosabati bilan Eron raketalari va uchuvchisiz uchoqlari tomonidan kutilayotgan hujumlarga qarshi turish uchun Hasakadagi harbiy bazasida o‘z birliklarini qayta joylashtirgani va istehkomlarini kuchaytirgani haqida ma’lumot bergan.

Jumladan, zirhli va logistika vositalari yanada mustahkamlangan pozisiyalarga ko‘chirilgan, zenit tizimlarining tayyorgarligi oshirilgan va havodan razvedka turlari kuchaytirilgan.

«20 ta yuk mashinasidan iborat AQSh karvoni bugun ertalab Hasaka shimoli-g‘arbidagi Qasrak bazasiga yetib keldi.

Bu bazani kengaytirish va rivojlantirish ishlari bilan bir vaqtga to‘g‘ri keladi, bu uning salohiyatini oshirish va institutlarini takomillashtirishdan iborat», – dnb yozadi SOHR.

Kiritildi: 17:55 23.06.2025. O'qildi: 1360 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!