Bugun 20 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

Superliga. OKMKni yenggan "Neftchi" chempionlik uchun kurashni davom ettiradi

Superliga. OKMKni yenggan "Neftchi" chempionlik uchun kurashni davom ettiradi

Superliga 25-turida "Neftchi" Farg‘onada OKMKni qabul qildi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yin taqdirini 17-daqiqada Jamshid Iskanderov tomonidan penaltidan kiritilgan gol hal qildi.

"Neftchi" 54 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda. Ular peshqadam "Nasaf"dan 2 ochko ortda qolmoqda.

OKMK 40 ochko bilan 6-pog‘onada.

Superliga, 25-tur

19 oktyabr, yakshanba, 18:15

Neftchi - OKMK - 1:0

Gol: Jamshid Iskanderov - 17, penaltidan (1:0)

Neftchi: Botirali Ergashev, Bojan Siger, Ikromjon Aliboyev, Ibrohimxalil Yo‘ldoshev (Quvondiq Ro‘ziyev, 63), Abrorbek Ismoilov (Bilolxon Toshmirzayev, 90+3), Joel Kojo (Shaxzodjon Nematjonov, 90+3), Jamshid Iskanderov (Zoran Marushich, 74), Anvarjon G‘ofurov, Muxsinjon Ubaydullayev, Alisher Odilov (Vladimir Yovovich, 63), Yovan Dokich.

OKMK: Javohir Ilyosov, Giorgi Papava (Nodirbek Abdurazzoqov, 60), Avazbek O‘lmasaliyev, Dilshodbek Axmadaliyev, Aziz Xolmurodov (Ali Abduraxmonov, 65), Xurshid G‘iyosov, Ruben Sanchez, Oybek Rustamov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Saidafzalxon Axrorov (Axmadullo Muqumjonov, 71), Asadbek Sobirjonov (Arihiro Sentoku, 60).

Ogohlantirishlar: Ruben Sanches 56, Avazbek O‘lmasaliyev 81, Islom To‘xtaxo‘jayev 81, Anvarjon G‘ofurov 85, Oybek Rustamov 87.

Kiritildi: 21:03 19.10.2025. O'qildi: 757 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!