Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Superliga. "Dinamo" va "Paxtakor" o‘z o‘yinlarida ishonchli g‘alabaga erishdi

Superliga. "Dinamo" va "Paxtakor" o‘z o‘yinlarida ishonchli g‘alabaga erishdi

Superliga 24-turida "Dinamo" safarda "Surxon"ni mag‘lub etdi - 2:0.

Samarqandliklar safida Firdavs Abdurahmonov va Jahongir Abdusalomov gollarga mualliflik qildi.

"Dinamo" 44 ochko bilan 4-o‘rinda. "Surxon" hisobida 25 ochko bor (12-pog‘ona).

Superliga, 24-tur
04.10.2025, shanba, 17:00
Surxon - Dinamo - 0:2
Gollar:
Firdavs Abdurahmonov, 7 (0:1), Jahongir Abdusalomov, 29 (0:2).

Kunning yana bir o‘yinida "Paxtakor" safarda "Buxoro"ni yirik hisobda mag‘lub etdi - 4:0.

"Sherlar" safida Bashar Resan va Flamarion bittadan gol urgan bo‘lsa, Igor Sergeev dubl muallifi bo‘ldi.

"Paxtakor" 46 ochko bilan 3-o‘rinda. "Buxoro" 21 ochko bilan 15-pog‘onada.

Superliga, 24-tur
04.10.2025, shanba, 17:00
Buxoro - Paxtakor - 0:4
Gollar:
Bashar Resan, 28 (0:1), Flamarion, 38 (0:2), Igor Sergeev, 80 (0:3), Igor Sergeev, 84 (0:4).

Kiritildi: 19:01 04.10.2025. O'qildi: 826 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!