Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 3-turidan o‘rin olgan navbatdagi bahslar 29 mart, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.
Unda Qarshining “Nasaf” klubi o‘z maydonida Farg‘onaning “Neftchi” jamoasini qabul qildi. Uchrashuvda ko‘plab vaziyatlar yaratildi, biroq ularning hech biridan jamoalar unumli foydalana olmadi.
Ushbu durang farg‘onaliklar uchun joriy mavsumdagi uchinchisi bo‘ldi. 3-turdan so‘ng jamoa hisobida 3 ochko mavjud. Qarshiliklar esa ikki durang, bir g‘alaba bilan 5 ochko to‘plab turibdi.
Superliga
3-tur
29 mart, shanba
“Nasaf” — “Neftchi” 0:0