Bugun 24 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Superliga. Bugun 25-turning bitta uchrashuvi bo‘lib o‘tadi

Superliga. Bugun 25-turning bitta uchrashuvi bo‘lib o‘tadi

Bugun, 24 oktyabr kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 25-turidan o‘rin olgan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Kunning yagona bahsida Qarshining "Nasaf" klubi o‘z maydonida Jizzaxning "So‘g‘diyona" jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi.

Mazkur o‘yin oldidan "Nasaf" 24 ta uchrashuvda 38 ochko to‘plab, turnir jadvalida 7-o‘rinni egallab turibdi. "So‘g‘diyona" esa 29 ochko bilan 11-pog‘onadan joy olgan.

Jamoalarning joriy mavsumdagi birinchi o‘zaro bahsida qarshiliklar safarda 2:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Bugungi uchrashuvni bosh hakam Shavkat Nasibullayev boshqarib boradi. Unga qanotlarda Akmal G‘iyosov va Aleksandr Burov yordamlashadi.

Superliga. 25-tur

24 oktyabr, shanba

18:00. "Nasaf" – "So‘g‘diyona"

Bosh hakam: Shavkat Nasibullayev.

Yordamchi hakamlar: Akmal G‘iyosov, Aleksandr Burov.

Zaxira hakami: Sevdiyor Hamraqulov.

VAR: Doston Rahmonov.

AVAR: Shohnur Yo‘ldoshev.

Nazoratchi: Aleksandr Popov.

Komissar: Mansur Sarimsoqov.

Eslatib o‘tamiz, 25-turning avvalgi uchrashuvlarida "Bunyodkor" "Mash’al"ni 2:1, "Neftchi" esa "Paxtakor"ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. "Buxoro" va "Surxon" o‘rtasidagi bahsda esa 0:0 hisobi qayd etildi.

Turning qolgan to‘rtta uchrashuvi 25–26 oktyabr kunlari o‘tkaziladi.

Kiritildi: Bugun 11:52. O'qildi: 140 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!