Bugun 12 oktyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Superliga: bugun 23-turga yakun yasaladi

Superliga: bugun 23-turga yakun yasaladi

Bugun, 11 oktyabr kuni O‘zbekiston Superligasining 23-tur bahslariga yakun yasaladi. Turning so‘nggi kunida ikki uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Soat 16:00 da OKMK o‘z maydonida "Navbahor"ni qabul qiladi. Shu vaqtning o‘zida "So‘g‘diyona" va "Lokomotiv" jamoalari ham o‘zaro kuch sinashadi.

23-tur oldidan "Navbahor" 22 uchrashuvda 44 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. OKMK esa 35 ochko bilan oltinchi pog‘onada joylashgan. Olmaliqliklar g‘alaba qozonsa, ochkolari sonini 38 taga yetkazib, yuqori o‘rinlar uchun kurashda muhim qadam tashlaydi.

"Lokomotiv" ham 22 o‘yindan keyin 35 ochko bilan yettinchi o‘rinda bormoqda. "So‘g‘diyona" hisobida esa 28 ochko bor va jamoa 11-pog‘onani egallab turibdi.

11 oktyabr, Superliga, 23-tur:

16:00 — OKMK — "Navbahor"
16:00 — "So‘g‘diyona" — "Lokomotiv"

Kiritildi: 10:46 11.10.2026. O'qildi: 423 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!