Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Superliga. Beshta gol urilgan o‘yinda «Andijon» Toshkentda «Paxtakor»ni taslim etdi

Superliga. Beshta gol urilgan o‘yinda «Andijon» Toshkentda «Paxtakor»ni taslim etdi

O‘zbekiston chempionatining 5-turi doirasida "Paxtakor" o‘z maydonida "Andijon"ni qabul qildi. Uchrashuv juda keskin va dramatik tarzda kechdi.

Ilk bo‘limda mezbonlar to‘p nazoratiga ega bo‘lishdi, bir necha bor xavfli hujumlar uyushtirishga harakat qilishdi. Sergeev, Sobirxo‘jayev va Flamarion kabi yetakchi futbolchilar faol harakat qildilar, biroq tanaffusgacha hisob ochilmadi.

Ikkinchi bo‘limda esa tomoshabop futbol boshlandi. 53-daqiqada Abdumannopov "Andijon"ni oldinga olib chiqdi. Ortidan 60-daqiqada Turdimurodov burchakdan uzatilgan to‘pni golga aylantirib, farqni ikki to‘pga yetkazdi – 0:2. Ammo "Paxtakor" taslim bo‘lmadi. 67-daqiqada Sergeev Flamarion va O‘rinboyev ishtirokidagi chiroyli kombinasiyani gol bilan yakunladi – 1:2.

Biroq 80-daqiqada Uskokovichning goli mehmonlarga yanada ishonch bag‘ishladi – 1:3. "Paxtakor" o‘yinni qutqarish uchun katta kuch bilan oldinga urila boshladi. 84-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Bashar Resan hisobni 2:3 qilib qisqartirdi. Qolgan daqiqalarda "sherlar" gol urish uchun bor imkoniyatlarini ishga solishdi. 90+5-daqiqadagi standartdan keyingi vaziyatda ham gol urish imkoniyati bo‘ldi, ammo to‘p darvozaga kirmadi.

Shu tariqa, "Andijon" Toshkentda sensasion g‘alabaga erishdi va o‘z ochkolarini 9 taga yetkazib oldi. "Paxtakor" esa mavsumdagi to‘rtinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

Superliga, 5-tur
"Paxtakor" – "Andijon" 2:3 (0:0)
Gollar: Sergeev (67'), Resan (84') – Abdumannopov (53'), Turdimurodov (60'), Uskokovich (80')

Kiritildi: 20:08 13.04.2025. O'qildi: 640 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!