Superliga 24-turidan o‘rin olgan ilk o‘yinda "Xorazm" o‘z maydonida "Navbahor"ni qabul qildi va 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
23-daqiqada Abbos G‘ulomov mehmonlarni penaltidan hisobda oldinga olib chiqdi. 59-daqiqada mezbonlar himoyachisi Diyor Ortiqboyev to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. 71-daqiqada Murodbek Bobojonov muvozanatni tikladi. U ham 11 metrlik nuqtadan adashmadi.
"Navbahor" 37 ochko bilan 7-o‘rinda. "Xorazm" hisobida 21 ochko bor (14-pog‘ona).
Superliga, 24-tur
03.10.2025, juma, 17:00
Xorazm - Navbahor - 1:1
Gollar: 0:1 – 23, Abbos G‘ulomov (penalti), 1:1 – 71, Murod Bobojonov (penalti).
Xorazm: Artyom Potapov, Abror Xo‘sinov (Murod Bobojonov, 56), Vladimir Bubanya, Abbos Otaxonov, Diyor Ortiqboyev, Hazrat Tursunqulov, Humoyunmirzo Iminov (Temur Ismoilov, 75), Iskandar Shayqulov, Rustam Abduhamidov (Ixtiyor Toshpo‘latov, 78), Asadbek Saitxonov (Jasur Azimov, 56), Shahram Samiyev
Navbahor: Umid Ergashev, Saidazamat Mirsaidov, Muhammadbobur Mo‘ydinov (Gilyerme Gedesh, 46), Doston Abdulxayev, Igor Gabriel, Jamshid Boltaboyev, Ruslan Jiyanov, Abbos G‘ulomov, Benjamin Teidi, Asadbek Jo‘raboyev (Muhammadali G‘iyosov, 58), Pedro Augusto (Shohmalik Komilov, 86)
Ogohlantirishlar: Abror Xo‘sinov (21), Umid Ergashev (87), Abbos Otaxonov (90)
Chetlatish: Diyor Ortiqboyev (60)
Kunning yana bir o‘yinida OKMK "Qo‘qon-1912"ni qabul qildi. Bahsda qo‘qonliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yin taqdirini hal qilgan golni 3-daqiqada Abdug‘afur Haydarov kiritdi.
"Qo‘qon-1912" 26 ochko bilan 9-o‘ringa ko‘tarildi. OKMK 40 ochko bilan 5-pog‘onada.
Superliga, 24-tur
03.10.2025, juma, 19:00
OKMK - Qo‘qon-1912 - 0:1
Gol: Abdug‘afur Haydarov 3, - 0:1.
OKMK: Javohir Ilyosov, Avazbek O‘lmasaliyev, Dilshod Ahmadaliyev, Aziz Xolmurodov (Ali Abdurahmonov, 77), Xurshid G‘iyosov (Asadbek Sobirjonov, 64), Ruben Sanches, Oybek Rustamov, Naoki Senaga (Saidafzalxon Ahrorov, 46), Islom To‘xtaxo‘jayev, Arixiro Sentoku (Giorgi Papava, 64), Nodir Abdurazzoqov (Ahmadullo Muqumjonov, 85).
Qo‘qon-1912: Azizxon Isaqov, Jasurbek Yoqubov, Alisher Salimov, Shota Gvazava, Shohruh Gadoyev (Iqboljon Malikjonov, 69), Zafar Hakimov (Shahzod Akramov, 89), Kleydi Dasi (Egor Kondratyuk, 56), Muhammadanas Hasanov (Jasur Xolto‘rayev, 89), Abror Karimov, Andro Giorgadze, Abdug‘afur Haydarov (Javohir Husanov, 69).