Opta superkompyuteri La Liga 30-turi yakunlariga ko‘ra "Barselona" va "Real"ning chempionlik imkoniyatlarini baholadi.
Unga ko‘ra, hozirda turnir jadvalida 4 ochkolik farq bilan oldinda borayotgan "Barselona" 86 foiz ehtimollikda chempion bo‘lishi taxmin qilindi.
60 ochko bilan ikkinchi o‘rinda borayotgan "Real"ning imkoniyatlari esa 13 foizga baholandi.
"Atletiko" chempion bo‘lish uchun 1 foiz imkoniyat bor.