“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Prezident farmoni qabul qilindi.
Prezident farmoniga ko‘ra, 2025 yil 1 iyundan nufuzli xalqaro fan olimpiadalari g‘olib va sovrindorlariga to‘lanadigan bir martalik pul mukofotining amaldagi miqdorlari 5 baravarga oshiriladi.
Masalan, endi eng nufuzli 5 ta olimpiadada (IMO — matematika, IBO — biologiya, IChO — kimyo, IPhO — fizika, IOI — informatika) g‘olib va sovrindor bo‘lgan o‘quvchilarga quyidagicha mukofot pullari beriladi:
🥇1-o‘rin: 937 mln 500 ming so‘m (2500 baravar);
🥈2-o‘rin: 562 mln 500 ming so‘m (1500 baravar);
🥉3-o‘rin: 375 mln so‘m (1000 baravar).