Bugun 15 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Sun’iy intellekt gigantlari rivojlanish sur’atlarini sekinlashtirish bo‘yicha kelishuv tuzishga tayyorlanmoqda

Sun’iy intellekt gigantlari rivojlanish sur’atlarini sekinlashtirish bo‘yicha kelishuv tuzishga tayyorlanmoqda


Sun’iy intellekt sohasidagi eng yirik kompaniyalar SI rivojlanish sur’atlarini sekinlashtirish va u bilan bog‘liq xavflarni kamaytirish bo‘yicha hamkorlik qilish to‘g‘risida kelishuvga yaqin turibdi. Bu haqda OpenAI rahbari Sem Altman ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi haftalarda SI xavfsizligi kompaniya ichidagi muhokamalarning asosiy mavzularidan biriga aylangan.

Avvalroq raqobatchi Anthropic kompaniyasi rahbari Dario Amodei ham sohani yanada ehtiyotkorlik bilan harakat qilishga chaqirgan edi. Uning fikricha, SI modellarining imkoniyatlari juda tez rivojlanmoqda va ularni takomillashtirish sur’atlarini sekinlashtirish zarur.

Altman ham bu fikrga qo‘shilib, kompaniyalar avvalo xavfsizlik bilan bog‘liq masalalarni hal qilishi, shuningdek, SI sanoati va hukumatlar o‘rtasidagi hamkorlik qoidalarini belgilab olishi kerakligini ta’kidladi.

Shu fonda OpenAI aksiyalarini birjada ommaviy joylashtirish (IPO) rejasini kechiktirishga qaror qildi. Altman kompaniya 2026 yilda IPO o‘tkazmasligini aniq ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, hozirgi vaqtda SI xavfsizligi borasidagi xavotirlar yuqori bo‘lgani sababli IPO uchun mos vaqt emas.

Avvalroq xabarlarda OpenAI’ning ehtimoliy IPO’si kompaniyani taxminan 1 trillion dollar qiymatida baholashi mumkinligi aytilgan edi.

Biroq Anthropic hozircha o‘z rejalarini o‘zgartirmayapti. SI xavfsizligi bo‘yicha xuddi shunday xavotirlar mavjud bo‘lishiga qaramay, kompaniya IPO’ga tayyorgarlikni oktyabr oyining o‘rtalaridan oldin boshlamaslik va aksiyalarni AQSh Kongressiga bo‘lib o‘tadigan noyabr oyidagi saylovlargacha birjada joylashtirish niyatida.

Kiritildi: 21:00 13.09.2026. O'qildi: 661 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!