1944 yilda Fransiya hukumati tomonidan G‘arbiy Afrikada askarlarning qirg‘in qilinishi mintaqa davlatlari uchun eng fojiali voqealardan biri bo‘lib qolmoqda.
Bu haqda Janubiy Sudanning Turkiyadagi elchisi Majok Guandong Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Senegal hukumatiga yo‘llagan so‘nggi maktubiga izoh berar ekan, ma’lum qildi.
Elchining ta’kidlashicha, Parijning ushbu qirg‘inni tan olishi nafaqat Fransiya va uning G‘arbiy Afrikadagi sobiq mustamlakalari, balki qit’aning boshqa davlatlari bilan ham muloqot qilish istiqbollarini ochadi.
Eslatib o‘tamiz, 1944 yil 1 dekabrda Ikkinchi jahon urushi davrida Fransiya armiyasi safida jang qilgan 35 dan 400 nafargacha g‘arbiy afrikalik askar fransuz qo‘shinlari tomonidan otib tashlangan edi. Buning sababi maoshlarni to‘lamaslik tufayli yuzaga kelgan qo‘zg‘olon edi.