Bu haqda Rossiya Konstitusiyaviy sudi sudyasi Yevgeniy Taribo Sputnik muxbiriga aytib berdi.
“Sun’iy intellekt sud ishida qator qulayliklar yaratadi, masalan kerakli hujjatlarni bir zumda tayyorlash mumkin. Lekin shu bilan birga SI bilan ishlashda potensial xavflar ham paydo bo‘ladi. Bu turli maxfiylik va daxlsizlik masalalari. Shu sababli sun’iy intellekt sud doirasida tashqariga chiqmasligi kerak. Ehtimol bu qandaydir tashqi foydalanuvchilar uchun yopiq modellar bo‘lishi kerak”, - dedi sudya.
Samarqandda Osiyo Konstitusiyaviy sudlarining 7-kongressi bo‘lib o‘tmoqda. Anjuman mavzusi: Raqamlashtirish va sun’iy intellekt kontekstida konstitusiyaviy adolat.