“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini raqamlashtirish va samaradorligini oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–50-son, 30.03.2026 y.) qabul qilindi.
🔰 Farmonga ko‘ra, 2027 yil 1 yanvardan:
🔹 sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish va axborot tizimlarini takomillashtirish orqali davlat ijrochilari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning kamida 70 foizi avtomatlashtiriladi;
🔹 sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosini ta’minlashdagi ish yurituv jarayonlari zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari yordamida elektron shaklda yuritiladi;
🔹 ijro harakatlari davomida undirilgan pul mablag‘larini taqsimlash jarayonlari raqamlashtiriladi.
⏭️ 2026 yil 1 iyuldan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlariga asosan davlat daromadiga o‘tkazilishi nazarda tutilgan avtomototransportlar va ko‘chmas mulklar davlat ijrochisining qarori asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tasarrufiga o‘tkaziladi.