Bugun 31 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Fors ko‘rfazi davlatlari Trampni Eronga qarshi urushni davom ettirishga undamoqda – AP

Fors ko‘rfazi davlatlari Trampni Eronga qarshi urushni davom ettirishga undamoqda – AP

Agentlikning AQSH, Isroil va Ko‘rfaz mamlakatlaridagi manbalariga tayanib xabar berishicha, mintaqadagi ba’zi ittifoqchilar Oq uyni Eron ustidan "uzil-kesil g‘alaba" qozonilguncha harbiy harakatlarni to‘xtatmaslikka chaqirmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, urush oqibatlaridan norozi bo‘lgan ayrim davlatlar endilikda Tehron rejimini butunlay zaiflashtirish uchun qulay imkoniyat tug‘ilganiga Vashingtonni ishontirishga harakat qilyapti. Xususan, BAA va Saudiya Arabistoni hatto quruqlikdagi harbiy amaliyotlarni boshlash g‘oyasini faol ilgari surayotgani aytilmoqda. Omon va Qatar esa an’anaviy ravishda diplomatik yechim tarafdori bo‘lib qoladi.

Shu bilan birga, Donald Tramp kecha Fors ko‘rfazi davlatlarini Qo‘shma Shtatlarning Eronga qarshi urush xarajatlarini qoplashga chaqirdi. Bu qadam Oq uyning mintaqa monarxiyalarini nizoga yanada chuqurroq jalb qilishga urinishi bo‘lishi mumkin. Hozirda Ko‘rfaz davlatlari uchun eng muhim manfaat – neft eksporti o‘tadigan Ho‘rmuz bo‘g‘ozini blokdan chiqarish hisoblanadi.

Agar Vashington bu muammoni harbiy yoki diplomatik yo‘l bilan hal qila olmasa, monarxiyalar Eron va uning ittifoqchilari – Xitoy hamda Rossiya bilan kelishishga majbur bo‘ladi. Biroq Oq uy bunday kelishuvga yo‘l qo‘ymaslik uchun bor imkoniyatini ishga solishi kutilmoqda. Shuni ta’kidlash joizki, ushbu davlatlar hozircha rasman bunday bayonotlar bermagan.

Avvalroq ommaviy axborot vositalari Eronning javob zarbalari mintaqa iqtisodiyotiga va neft monarxiyalariga katta zarar yetkazayotganidan ular norozi ekanini yozgan edi.

Kiritildi: Bugun 18:30. O'qildi: 430 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!