Shahar meri Radmir Belyayev zavod hududida portlash va yong‘in yuz berganini tasdiqladi, biroq buning sabablariga aniqlik kiritmadi.
“Shot” kanali ma’lumotlariga ko‘ra, zavodning texnologik korpusida yong‘in boshlangan va buning oqibatida quritish qurilmasi portlagan.
Nijnekamsk aholisi havoda “o‘tkir kimyoviy hid tarqalganidan shikoyat qilmoqda”, deya xabar beradi “Ostorojno, novosti”. Kanal ma’lumotlariga ko‘ra, zavoddagi portlash oqibatida kamida ikki kishi jabrlangan.