Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida faoliyati to‘xtatilgan mineral o‘g‘itlar ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi ishlab chiqarish kooperativiga (ICHK) biriktirilgan sud boshqaruvchisi yordamchisi mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan MCHJning mazkur ICHKdagi 1 mlrd 502 mln so‘m miqdoridagi haqidan 300 mln so‘mini undirib berish evaziga 4 ming AQSh dollari talab qiladi.
Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u 48 mln so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.