Bugun 22 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Stokgolmda avtobus bekatdagi odamlarga borib urildi, qurbonlar bor

A A A
Stokgolmda avtobus bekatdagi odamlarga borib urildi, qurbonlar bor

Shvesiya poytaxtida avtobus bekatdagi odamlarga borib urildi, qurbonlar bor, deb xabar bemroqda BBC.

Xabarlarga ko‘ra, voqea tig‘iz paytda, Stokgolmning markaziy qismida yuz bergan. Ikki qavatli avtobus katta tezlikda bekatdagi odamlarga borib urilgan.

Polisiyaning ma’lum qilishicha, qurbonlar va jarohatlanganlar bor, lekin ularning soni ochiqlanmadi. Avtobus haydovchisi hibsga olingan.

Reuters Stokgolm qutqaruv xizmati vakiliga tayanib, olti kishi jabrlangani haqida xabar bermoqda. Shu bilan birga, qutqaruvchilar halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar soniga aniqlik kiritmadi.

Baxtsiz hodisaga nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum.

Kiritildi: 22:45 14.11.2025. O'qildi: 2361 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!