Bugun 18 dekabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

SSV: Oilaviy poliklinikalar va fuqarolar o‘rtasida bitim tuziladi

SSV: Oilaviy poliklinikalar va fuqarolar o‘rtasida bitim tuziladi

Yurtimizda davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy etish yo‘lida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

📌 Bundan ko‘zlanayotgan maqsad aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlarni izchil davom ettirish, byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish hamda davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini respublikaning boshqa hududlarida ham keng joriy qilishdan iborat.

📃 Ushbu yo‘nalishdagi ishlarning davomi sifatida endilikda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatuvchi tashkilot va unga biriktirilgan fuqarolar o‘rtasida bitim imzolanishi belgilandi. Bu haqda vazirlik tomonidan tegishli buyruq qabul qilindi.

📂 Unga ko‘ra, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatuvchi tashkilot va unga biriktirilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb e’tirof etilgan chet el fuqarolari, shuningdek, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar (voyaga yetmaganlar uchun ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari) o‘rtasida tuziladigan bitim shakli tasdiqlandi.

👨‍👩‍👧‍👦 Bitimga ko‘ra, aholiga:

➡️ sog‘lom turmush tarziga rioya etish;
➡️ o‘z tibbiy savodxonligini oshirish;
➡️ shifokor ko‘rsatmalariga amal qilish;
➡️ profilaktik va skrining ko‘riklardan belgilangan muddatlarda o‘tish talablari qo‘yiladi.

👩‍⚕️ Oilaviy shifokor esa:

🟢 aholini belgilangan tartibda qabul qilish va maslahat (yoki yo‘llanma) berish;

🟢 tibbiy xizmatlarni o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq hajmda ko‘rsatish;

🟢 dori vositalarini to‘g‘ri tayinlash;

🟢 kasalliklarni erta aniqlash, sog‘lomlashtirish tadbirlarini amalga oshirish kabi majburiyatlar yuklatiladi.

📝 Bitimlarni imzolash 2024 yil 1 dekabrdan Sirdaryo viloyati va Toshkent shahridagi davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlari joriy etilgan hududlarda amalga oshirilishi boshlandi.

📍Mazkur chora-tadbirlar davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlari 2025–2026 yillarda bosqichma-bosqich joriy etiladigan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2025 yil 1 yanvardan boshlab bajariladi

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.

Kiritildi: Bugun 14:10. O'qildi: 309 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!