Isroil Suriyaga bostirib kirishi tufayli mag‘lub bo‘ladi, «Islomiy qarshilik» kuchlari kurashni davom ettiradi. Bu haqda Eron oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy eronlik ayollar bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.
«Suriyadagi voqealardan foydalanib, AQSH, sionistik rejim va ularning ba’zi ittifoqchilari jinoyat qilishda davom etmoqda va [Damashqdagi hokimiyat almashinuvini] qarshilik tugashi sifatida ko‘rsatishga harakat qilmoqda. Bu eng qo‘pol xato. G‘azo sektori va Livan kurashni davom ettirmoqda. Isroil »Hizbulloh« kuchlarini o‘rab olish va yo‘q qilish uchun Suriya tuprog‘iga bostirib kirdi. Ammo aynan Isroil yo‘q qilinadi,» - dedi Xomanaiy.