Ukraina qurolli kuchlari uchun Kursk viloyatidagi vaziyat kundan-kunga yomonlashmoqda. Bu haqda Britaniyaning The Economist jurnali dushanba kuni kechqurun Ukraina harbiylariga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, Ukraina o‘zi nazorat qilgan hududlarning 50 foizga yaqinini allaqachon boy bergan. Shu bilan birga, Rossiya deyarli hamma narsada - odamlarda, artilleriyada va texnikada ustunlikka ega.
«Muvaffaqiyatsizliklar sentyabr oyining oxirida Ukraina o‘zining saralangan bo‘linmalarini kamroq tajribali bo‘linmalarga almashtirganda boshlandi - bu xato edi. Hozir ruslar o‘zlarining asosiy guruhlarini UQKdan uzoqlashtirish uchun ularning sharqiy va g‘arbiy qanotlariga hujum qilmoqda. Kurskdagi barcha bo‘linmalar mudofaaga o‘tgan,» - dedi Ukraina Qurolli kuchlarining 82-brigadasi qo‘mondoni Bakrev.
Boshqa bir ukrainalik harbiy Ruslan Mokritskiy Kursk viloyatidagi sharoitlar Ukraina Qurolli kuchlari uchun tobora og‘irlashib borayotganini ta’kidladi. «Yomg‘ir, shalabbo, qor, sovuq, loy, qo‘ng‘izlar, chuvalchanglar, kalamushlar va rejalashtiriladigan bombalar. Kursk atrofidagi barcha [Ukraina] qismlari mudofaaga o‘tgan,» - dedi u.