Bugun 18 dekabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonda muomaladagi naqd pul massasi qancha ekanligi e’lon qilindi

O‘zbekistonda muomaladagi naqd pul massasi qancha ekanligi e’lon qilindi

O‘zbekistonda muomaladagi naqd pul massasi 1 dekabr holatiga 262,6 trln. so‘mni tashkil qilmoqda.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, pul massasi umumiy miqdori dekabr oyida 2,3 trln. so‘mga kamayib, joriy yilning 1 dekabr holatiga 262,6 trln. so‘mni tashkil qilgan.

Bunda milliy valyutadagi pul massasi 398 mlrd. so‘mga oshgan bo‘lsa, chet el valyutasidagi depozitlar miqdori 2,7 trln. so‘mga kamaygan.

Milliy valyutadagi pul massasi tarkibida naqd pullar hajmi ham 2,6 trln. so‘mga kamayib, 51,4 trln. so‘mni tashkil qilgan. Shuningdek, talab qilib olinguncha depozitlardagi mablag‘lar qoldig‘i 590 mlrd. so‘mga kamaygan bo‘lsa, milliy valyutadagi boshqa depozitlar hajmi 3,6 trln. so‘mga oshgan.

Kiritildi: 23:24 17.12.2024. O'qildi: 2178 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!