«Spartak», «Zenit» va SSKA «Bunyodkor»ning 17 yoshli himoyachisi Azizbek To‘lqinbekov bilan qiziqmoqda. Bu haqda insayder Ivan Karpov xabar berdi.
Futbolchimiz «The Guardian» tomonidan 18 yoshgacha bo‘lgan eng istiqbolli 60 nafar futbolchi ro‘yxatiga kiritilgan. Shuningdek, u 20 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasida ham o‘ynaydi.
To‘lqinbekovning shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan. «Transfermarkt» portali futbolchini 250 ming yevroga baholamoqda.