Bugun 18 dekabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Suriyaning yangi rahbari Isroilga signal yubormoqda

Suriyaning yangi rahbari Isroilga signal yubormoqda

Suriya Isroilga qarshi hujumlarni amalga oshirish uchun tayanch nuqtasiga aylanmaydi. Bu haqda The Times gazetasiga bergan intervyusida Damashqda hokimiyatga kelgan Abu Muhammad al-Juloniy laqabi bilan tanilgan Ahmad ash-Sharaa aytib o‘tdi.

Uning ta’kidlashicha, muxolifat kuchlari Damashqqa hujum qilgan paytda Isroil bosib olgan Suriyaning g‘arbiy hududlarini tark etishi kerak bo‘ladi.

«Isroil buni Hizbulloh va Eron jangarilarining mavjudligi bilan izohladi, ammo bu endi ahamiyatli emas», dedi ash-Sharaa.

«Biz 1974 yildagi [kuchlar taqsimoti] kelishuviga sodiqmiz va BMT [kuzatuvchilarining] qaytishiga tayyormiz. Biz na Isroil, na boshqa hech kim bilan to‘qnashuvni xohlamaymiz va Suriyadan hujumlar uchun tayanch nuqtasi sifatida foydalanishga yo‘l qo‘ymaymiz. Suriyaliklarga tinchlik kerak, zarbalar to‘xtatilishi kerak, Isroil esa avval egallab turgan pozisiyalariga chekinishi kerak,» - deya qo‘shimcha qildi u.

The Times nashrining yozishicha, ash-Sharaa Rossiya-Suriya munosabatlari mavzusiga to‘xtalmagan, biroq uning yordamchisi Rossiyaning mamlakatdagi harbiy bazalarini saqlab qolishi bo‘yicha davom etayotgan muzokaralar haqida gapirgan.

Kiritildi: 22:12 17.12.2024. O'qildi: 2949 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!