Bugun 10 aprel, 2025 yil, payshanba

КИР

SSKA «Galatasaroy»ning Fayzullayevga qiziqishiga munosabat bildirdi

SSKA «Galatasaroy»ning Fayzullayevga qiziqishiga munosabat bildirdi

SSKA bosh direktori Roman Babayev jamoa yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayevga «Galatasaroy» qiziqayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

«Siz kabi men ham «Galatasaroy» qiziqayotgani haqidagi xabarni internetda o‘qidim. Hali hech qanday rasmiy murojaat bo‘lmadi. Qishda ham unga hech qanday taklif tushmagan», — deb so‘zlarini keltiradi TASS.

Abbosbek Fayzullayev 2023 yil yozida SSKAga qo‘shilgandi. U jamoa safida 60 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 gol va 21 assist qayd etgan. Uning SSKA bilan shartnomasi 2026 yil yozigacha davom etadi.

Transfermarkt 21 yoshli futbolchining transfer narxini 8 million yevro etib belgilagan.

Kiritildi: 11:10 31.03.2025. O'qildi: 2201 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!