Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

SSKA bosh murabbiyi Fayzullayev haqida fikr bildirdi

SSKA bosh murabbiyi Fayzullayev haqida fikr bildirdi

Moskvaning SSKA klubi bosh murabbiyi Marko Nikolich yarim himoyachi Abbosbek Fayzullayevning yangi sxema bo‘yicha o‘yini haqida gapirdi.

Yangi sxemaga ko‘ra, hamyurtimiz maydon markazida harakat qilmoqda.

— Tashqaridan qaraganda, Fayzullayev yangi tizimda qiynalayotgandek taassurot qoldirishi mumkin?

- Menda bunday tuyg‘u yo‘q. Zamonaviy futbolchilar hujumda ham, himoyada ham mahoratga ega bo‘lishlari kerak. Abbos juda ko‘p harakat qiladi va ko‘p ish qiladi. Aytishim mumkinki, yig‘indagi mashg‘ulotlar boshlanishidan oldin biz chidamlilik sinovlarini o‘tkazdik va Fayzullayev SSKAning barcha futbolchilari orasida birinchi o‘rinni egalladi. U hamon xavfli hujumlarda muntazam qatnashib, imkon qadar vaziyatni keskinlashtirishga harakat qiladi.

Ishonchim komilki, u bu sxemada yaxshilanadi. Men Abbos bilan undan nima kutayotganimiz haqida gaplashdim. Juda iqtidorli futbolchi, u albatta rivojlanadi. Bir kun kelib u Yevropaning top-klublaridan biriga tushib qolishi mumkin, dedi Nikolich.

Kiritildi: 11:58 06.03.2025. O'qildi: 1465 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!