Bugun 9 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Sovuq, qor va yomg‘ir: yangi hafta uchun ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

Sovuq, qor va yomg‘ir: yangi hafta uchun ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

Boshlangan haftada kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi. Ushbu haftaning boshida O‘zbekiston hududining katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi.

12 noyabr kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Buxoro, Navoiy viloyatlarida va respublika janubida 12 noyabr kuni kechga tomon ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Bu kunlarda havo harorati deyarli o‘zgarmaydi va kechalari 2-7 daraja iliq, kunduz kunlari 12-15 daraja iliq atrofida, ba’zi joylarda 17 daraja iliqqacha bo‘ladi.

13 noyabrda O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib keladi. Respublikaning katta qismida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan tashqari, yomg‘ir yog‘adi, tog‘li hududlarda qorga aylanadi. Havo harorati kunduzi 5-10 daraja iliqqacha pasayadi.

13 noyabr kechga tomon yomg‘ir yog‘ishi deyarli barcha joylarda to‘xtaydi. 14-15 noyabr kunlari respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysida ayrim joylarda 14 noyabrga o‘tar kechasi biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

14-15 noyabrda harorat kechalari 0-3 daraja iliqqacha, ba’zi joylarda 2 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduz kunlari 14 noyabrda 5-10 daraja iliq, 15 noyabrda 8-13 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi,13 noyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi.

Kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

Poytaxtimizda: bugun va ertaga yog‘ingarchilik kautilmaydi. 13 noyabr-chorshanba kuni vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, shamol 10-12 m/s gacha kuchayadi. 14-15 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Harorat asosan 11-12 noyabrda kechalari 2-5 daraja iliq, kunduz kunlari 12-15 daraja iliq bo‘ladi. 13 noyabrda kechasi va kunduzi 5-8 daraja iliq bo‘ladi. 14-15 noyabrda kechalari 0-2 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduz kunlari 8-11 daraja iliq bo‘ladi.

Kiritildi: 00:02 12.11.2024. O'qildi: 59786 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!