Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Ispaniya va Kanada Kiyevga YAIMning kamida 0,25% miqdorida majburiy yordam ajratish taklifini blokladi.
The Telegraph gazetasining yozishicha, NATO bosh kotibi Mark Ryuttening ushbu tashabbusi alyansning Anqaradagi sammiti oldidan muhokama qilingan, biroq bir ovozdan qo‘llab-quvvatlanmagan. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, London, Parij, Rim, Madrid va Ottava bunga qarshi chiqqan.
Shu bilan birga, gazetaning qayd etishicha, Ukrainaga yordam ko‘rsatish uchun YAIMning 0,25 foizidan ko‘prog‘ini sarflab kelayotgan NATO'ning yetti davlati ushbu taklifni ma’qullagan. Ular orasida Polsha, Niderlandiya, shuningdek, Boltiqbo‘yi va Shimoliy Yevropa mamlakatlari bor.
The Telegraph'ning qayd etishicha, ushbu qaror Buyuk Britaniyaning Ukrainani asosiy ittifoqchilaridan biri sifatidagi nufuziga zarba bo‘ldi.