AQSh prezidenti Donald Tramp va AQSh harbiylari umidsiz vaziyatda.
Bu haqda Eron armiyasi generali Muhsin Rizoi ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, agar ular urush boshlasalar, Hormuz bo‘g‘ozi, Fors ko‘rfazi, Ummon dengizi, Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi va Hind okeanini qamrab oluvchi to‘liq ko‘lamli mojaroga olib keladigan "qorong‘u va cheksiz yo‘lak"ga duch kelishadi.
Rizoi Hormuz bo‘g‘ozi erkin savdo uchun yopiq emasligini, ammo mintaqadagi harbiy vaziyat tufayli dengiz yo‘li cheklanganligini aytdi.
U shuningdek, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) dengiz floti turli mamlakatlardan kelgan tijorat kemalarining yo‘nalishlarini ro‘yxatdan o‘tkazgandan so‘ng xavfsiz o‘tishini ta’minlayotganini ta’kidladi.
Shu bilan birga, general Hormuz bo‘g‘oziga qarshi har qanday harbiy harakatlar yoki Fors ko‘rfaziga kirishga urinishlar Eron tomonidan qattiq javob bilan kutib olinishi haqida ogohlantirdi.