Rossiyaning iste’molchilar huquqlari va mahsulotlar xavfsizligini nazorat qiluvchi davlat organi Rossiya bozorida muomalada bo‘lgan ayrim arman alkogol mahsulotlari “majburiy talablarga mos emas” deb topilgani sabab ularning sotilishini vaqtincha to‘xtatdi.
Cheklovlar Armanistonning bir nechta ishlab chiqaruvchilariga tegishli mahsulotlarga, jumladan VEDI-ALKO, Abovyan konyak zavodi va Shahnazaryan vino-konyak uyiga nisbatan qo‘llangan. Shuningdek, ayrim arman vinolarida ham nomuvofiqliklar aniqlangani aytilgan.
Avvalroq, Moskva va Yerevan o‘rtasidagi ziddiyat fonida Vladimir Putin Armaniston Rossiya gazini imtiyozli narxda olayotganini eslatib, mamlakat “geosiyosiy yo‘nalishini tanlashi kerak”ligini aytgan edi.