Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Sovet kosmik kemasi “Kosmos-482” Hind okeaniga qulab tushdi

Sovet kosmik kemasi “Kosmos-482” Hind okeaniga qulab tushdi

Osiyo yoki Markaziy Osiyo davlatlari hududiga tushishi taxmin qilinayotgan “Kosmos-482” kosmik apparati orbitadan chiqib, Hind okeaniga quladi deya xabar bermoqda Roskosmos.

Qayd etilishicha, fazoviy qurilma Moskva vaqti bilan 9:24 da (Toshkent vaqti bilan 11:24 da) atmosferaning zich qatlamlariga kirgan va Hind okeanidagi O‘rta Andaman orolidan 560 kilometr g‘arbda qulagan.

“Kosmos-482” qurilmasi — 1972 yil 31 martda Sovet Ittifoqining Venerani o‘rganish bo‘yicha sayyoralararo dasturi doirasida uchirilgan qurilma hisoblanadi. Uning uchirilish maqsadi Veneraning zich atmosferasi, harorati, bosimi, yoritilishi va yuzasining tarkibini o‘rganish edi. “Roskosmos” xabariga ko‘ra, harakat blokidagi nosozlik sababli qurilma Yerning yuqori elliptik orbitasida qolgan va asta-sekin sayyoraga yaqinlashib, qulagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ayrim ekspertlar tomonidan 53 yil oldin “Venera-8” missiyasi doirasida uchirilgan “Kosmos-482” kosmik apparatning Osiyo yoki Markaziy Osiyo davlatlari hududiga qulashi mumkinligini taxmin qilinayotgan edi.

Kiritildi: 05:55 12.05.2025. O'qildi: 515 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!