Bugun 16 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Son: "Men afsonaman"

Son: "Men afsonaman"

Son Xyon Min “Tottenxem”ning Yevropa ligasidagi g‘alabasi haqidagi his-tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashdi.

"Manchester Yunayted"ni mag‘lub etgan (1:0) "shporlar" 2008 yildan buyon ilk sovrinini qo‘lga kiritdi.

"Aytaylik, men afsonaman, nega yo‘q! Lekin faqat bugun. 17 yil davomida hech kim buni qilmagan, lekin bugun men bu klubning afsonasiman deb aytaman, shuning uchun bayram qilaylik!

Mavsumni yaxlit olib qaraydigan bo‘lsangiz, qiyin bo‘lgan vaziyatlar bo‘ldi, lekin biz futbolchilar jarohatlarga qaramay birdam bo‘ldik, yosh futbolchilar o‘zini ko‘rsatdi.

Men bosimni his qildim, g‘alaba qozonishni juda xohlardim. Men bu haqda oxirgi haftada har kuni orzu qilardim va nihoyat amalga oshdi. Endi tinch uxlay olaman", - deydi qanot vingeri.

Kiritildi: 11:06 22.05.2025. O'qildi: 618 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!