Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Soliq qo‘mitasi texnik nosozlik sabab tadbirkorlar hisobidan katta miqdorda pul yechib oldi

Soliq qo‘mitasi texnik nosozlik sabab tadbirkorlar hisobidan katta miqdorda pul yechib oldi

Qo‘mita ijtimoiy tarmoqda tadbirkorlar hisobidan asossiz pul yechib olingani haqida xabarlar tarqalishi ortidan holatga izoh berdi.

“Tizimdagi texnik nosozlik sababli solishtirma dalolatnoma bo‘yicha vaqtincha noto‘g‘ri ma’lumotlar (soliq qarzdorligi paydo bo‘lishi, mablag‘ yechib olinishi va hokazo) aks etishi mumkin”, deyiladi bayonotda.

Idora vaziyat nazoratga olinganini, muammo bartaraf etilayotganini va noto‘g‘ri yechilgan mablag‘lar yozma murojaatsiz qaytarilishini ma’lum qildi.

Kiritildi: 14:32 13.08.2025. O'qildi: 772 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!