Bugun 25 yanvar, 2026 yil, yakshanba

КИР

Soliq qarzi to‘lanmaganligi sababli, korxona mulki auksionga chiqarildi

Soliq qarzi to‘lanmaganligi sababli, korxona mulki auksionga chiqarildi

Byuroning Chilonzor tuman bo‘limi davlat ijrochisi S.Samandarov tomonidan Chilonzor tuman davlat soliq inspeksiyasining 19.08.2025 yildagi qaroriga asosan “T.G.S.Q.M.” MCHJdan 129 mln 451 ming so‘m soliq qarzini undirish bo‘yicha ijro ishi qo‘zg‘atildi.

Qarzdorlik ixtiyoriy muddatda to‘lanmagani sababli:

🔹 korxonaning bank hisob raqamlariga band qo‘yildi,

“Hyundai HD 260” rusumli maxsus texnika avtotransport vositasi xatlandi,

🔹 u 1 mlrd. 681 mln. so‘mga baholanib, elektron auksionga chiqarildi.

Soliq to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirmaslik mol-mulkka nisbatan majburiy ijro choralari qo‘llanilishiga olib keladi.

Kiritildi: Bugun 09:02. O'qildi: 208 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!