Bugun 24 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

Elektromobil sotib olish uchun aholiga past foizli kreditlar beriladi

A A A
Elektromobil sotib olish uchun aholiga past foizli kreditlar beriladi

Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili Davlat dasturi loyihasiga ko‘ra, elektromobillarni sotib olishda qator qulayliklar yaratiladi.

Jumladan, elektromobillarni sotib olish uchun aholiga quyidagi shartlarda kreditlar ajratilishini yo‘lga qo‘yish:

– mahalliy korxonalarda ishlab chiqarilgan elektromobillarni sotib olish uchun 12 foizli;

– xorijdan import qilingan elektromobillarni sotib olish uchun 16 foizli bank kreditlari taqdim etiladi.

Elektromobillarni sotib olish uchun ajratiladigan bank kreditlari foizlarining oshgan qismini tijorat banklariga Davlat byudjeti hisobidan qoplash tartibini joriy etish ko‘zda tutiladi.

Elektromobillarni quvvatlash stansiyalarida 1 kilovatt soat elektr energiyasi narxining 300 so‘mdan oshgan qismi Davlat byudjetidan qoplab berish tartibi joriy etiladi.

Elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini tashkil qilish uchun tadbirkorlarga 10 foizli maqsadli kreditlarni ajratish, “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ hisobidan moliyalashtirish amaliyotini yo‘lga qo‘yiladi.

Quvvatlash stansiyalari uchun sotib olinadigan yer maydonlarini auksionda bozor qiymatidan 2 baravar arzon narxda belgilanadi.

O‘zini o‘zi band qilgan fuqaro sifatida ro‘yxatdan o‘tib, taksi xizmatini ko‘rsatuvchi fuqarolar uchun:

– belgilangan ijtimoiy soliqni to‘lashda 30 foizgacha chegirma berish;

– davlat tashkilotlariga tegishli bo‘lgan, shu jumladan, aeroport va vokzallarning pulli avtoturargohlaridan 30 daqiqagacha bepul foydalanishga ruxsat berish;

– huquqbuzarlik va yo‘l-transport hodisasi sodir etmasdan 1 million kilometr masofada taksi xizmatini ko‘rsatgan fuqarolarga “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishonini berish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Kiritildi: Bugun 14:13. O'qildi: 492 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!