Bugun 23 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

SofaScore. Shomurodov va Fayzullayevning o‘yini necha ballga baholandi?

SofaScore. Shomurodov va Fayzullayevning o‘yini necha ballga baholandi?

Turkiya chempionati 17-turida "Istanbul Bashakshehir" o‘z maydonida "Gaziantep" ustidan yirik 5:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Bahsda o‘zbekistonlik futbolchilar qahramonlarga aylandi. Eldor Shomurodov o‘yinda 1 ta gol urib, 1 ta assist bergan bo‘lsa, Abbosbek Fayzullayev 1 ta gol muallifi bo‘ldi. Yana bir vaziyatda Fayzullayevning uzatmasidan so‘ng raqib o‘z darvozasiga to‘p kiritib yubordi.

SofaScore portali o‘yinning eng yaxshi futbolchisi sifatida Abbosbek Fayzullayevni topdi - 9.3 ball. Eldor Shomurodovning harakatlari 7.9 ballga baholandi.

SofaScore. Shomurodov va Fayzullayevning o‘yini necha ballga baholandi?

Kiritildi: 23:34 22.12.2025. O'qildi: 343 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!