Bugun 12 iyun, 2026 yil, juma

КИР

Sobiq desantchi Den Jarvis Buyuk Britaniyaning yangi Mudofaa vaziri etib saylandi

Sobiq desantchi Den Jarvis Buyuk Britaniyaning yangi Mudofaa vaziri etib saylandi

Buyuk Britaniya bosh vaziri armiyaning yetarlicha moliyalashtirilmayotganiga norozilik sifatida mudofaa vaziri Jon Xili iste’fo bergan kunning o‘zidayoq uning o‘rniga yangi tayinlovni amalga oshirdi — parlament deputati, sobiq desantchi ofiser Den Jarvis Mudofaa vaziri etib tayinlandi.

Hozirda 53 yoshda bo‘lgan Den Jarvis Sendxerst harbiy akademiyasini tamomlagan va 2011 yilgacha armiyada xizmat qilgan. U mayor unvoni bilan zahiraga bo‘shatilgan va siyosatga kirib kelgan. Starmer hukumatida u avvaliga ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, so‘ngra shu kungacha hukumat apparati vaziri lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Jon Xili bosh vazirga yo‘llagan maktubida mudofaa sohasiga investisiya kiritish rejasi "ushbu xavfli davrda mamlakat mudofaasi uchun zarur bo‘lgan darajadan ancha orqada qolayotganini" ta’kidlab, iste’foga chiqdi.

Mudofaa vazirligi o‘tgan yili o‘tkazilgan ichki baholash natijalariga ko‘ra, keyingi to‘rt yil uchun qo‘shimcha 28 milliard funt sterling so‘ragan edi.

Biroq, ba’zi britaniyalik jurnalistlarning ma’lumo qilishicha, Starmer o‘z hukumatidagi boshqa vazirliklarni qurolli kuchlar foydasiga xarajatlarni qisqartirishga ko‘ndira olmagan. Keyinroq uning ortidan Xilining o‘rinbosari — qurolli kuchlar vaziri El Karns ham iste’fo berdi, deyiladi xabarlarda.

Kiritildi: Bugun 13:51. O'qildi: 283 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!