Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Slovakiyada keng ko‘lamli norozilik aksiyalari boshlandi

Slovakiyada keng ko‘lamli norozilik aksiyalari boshlandi

Aktuality nashrining yozishicha, norozilik aksiyalari mamlakatning Bratislava, Poprad, Banska-Bistrisa va boshqa shaharlaridada o‘tkazilmoqda. Namoyishlar “Ukraina uchun tinchlik” tashabbusi va muxolifatdagi siyosiy partiyalar tomonidan tashkil etildi.

Tashkilotchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, Bratislavadgi aksiyada taxminan 60 ming namoyishchi yig‘ilgan, Banska-Bistrisadagi namoyishda esa 10 ming kishi ishtirok etmoqda. Namoyishchilarning asosiy talabi — Rossiyaga moyil siyosati sababli mamlakat bosh vaziri Robert Fisoning iste’fosidir.

Avvalroq hukumat rahbari mamlakat razvedkasining qo‘lida “xorijdan kelgan ekspertlar” haqida ma’lumotlar borligini aytdi. Fisoning so‘zlariga ko‘ra, ular “ko‘cha namoyishlari va ma’muriy binolarni egallash yo‘li bilan” hokimiyatni qo‘lga kiritmoqchi.

Kiritildi: 18:28 25.01.2025. O'qildi: 1069 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!