Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Slovakiya Ukrainaga Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishda yordam taklif qildi

Slovakiya Ukrainaga Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishda yordam taklif qildi

Slovakiya bosh vaziri Robert Fiso Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishga qaratilgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirib, bu jarayonda amaliy yordam taklif qildi.

TASR axborot agentligining xabar berishicha, Fiso bu haqda Slovakiya va Ukraina hukumatlarining qo‘shma yig‘ilishidan so‘ng ma’lum qilgan.

"Biz sizlarning Yevropa bilan bog‘liq intilishlaringizni to‘liq hurmat qilamiz. Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishni istagan har qanday davlat ariza topshirish, belgilangan mezonlarni bajarish va ittifoqqa qo‘shilish huquqiga ega.

Biz Yevropa Ittifoqiga a’zolik tajribamiz, shuningdek, ushbu tashkilotga qo‘shilish jarayonida orttirgan bilimlarimiz asosida sizlarga yordam taklif qilamiz", — dedi Slovakiya hukumati rahbari.

Fiso, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligini ta’kidladi.

Kiritildi: 12:01 06.11.2026. O'qildi: 480 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik